5-noyabrda kripto bozorida 24 soat ichida $800 milliondan ortiq liquidatsiya qayd etildi. CoinGlass ma’lumotlariga ko‘ra, asosiy zarar long pozitsiyalarga tegdi. Bitcoin va Ethereum longlari eng ko‘p yopildi.

Umumiy traderlar soni 160 mingdan oshdi. Bu so‘nggi kunlardagi eng yuqori liquidatsiya ko‘rsatkichlaridan biri. Texnologiya aksiyalarining pasayishi va risk appetite pasayishi asosiy katalizator bo‘ldi.

Bunday yuqori liquidatsiya odatda qisqa muddatli pastga tushishdan keyin tiklanish imkoniyatini ochadi. Lekin makroiqtisodiy noaniqlik va ETF oqimlari hali ham e’tiborda. Bozor ishtirokchilari leverage darajasini pasaytirishga undamoqda.

Keyingi kunlarda volativlik yuqori qolishi kutilmoqda. $75,000–$76,000 zonasi Bitcoin uchun muhim test bo‘ladi. Agar bu daraja ushlansa, liquidatsiya to‘lqini pasayishi mumkin.

Manba: CoinGlass, Benzinga, CryptoSlate.