
5-noyabr kunidagi sotuvdan so‘ng kripto bozor volativligi yuqori darajada qolmoqda. Bitcoin $75,000–$76,000, Ethereum $2,230–$2,280, Solana $89–$91 oralig‘ida harakat qilmoqda. Bozor ishtirokchilari keyingi kunlarni muhim test deb hisoblashmoqda.
ETF oqimlari aralash: Bitcoin fondlari chiqim, Ethereum ba’zi fondlarida kirim kuzatildi. Liquidatsiyalar $800 milliondan oshdi. Texnologiya aksiyalari va AI sektor xavflari asosiy katalizator bo‘ldi.
Analitiklar $75,000 zonasi ushlansa, qisqa muddatli tiklanish mumkinligini aytishmoqda. Aks holda chuqurroq tuzatish xavfi bor. Makroiqtisodiy ma’lumotlar va Fed kutishlari bozor yo‘nalishini belgilaydi.
Investorlar yuqori leverage bilan ishlashdan ehtiyot bo‘lishlari, risk boshqaruviga e’tibor qaratishlari tavsiya etiladi. Hozirgi sharoitda kapitalni saqlash ustuvor vazifa hisoblanadi.
Manba: CoinGlass, Farside Investors, Bitcoin Insider, Benzinga.