Ethereum 8-noyabr holatiga ko‘ra $2,235–$2,250 oralig‘ida savdo qilinmoqda. Oxirgi kunlardagi sotuv to‘lqinidan so‘ng biroz barqarorlashish kuzatilmoqda, lekin umumiy kayfiyat ehtiyotkorligicha qolmoqda.

Spot Ethereum ETF’lari 6-noyabrda taxminan $93 million net chiqim qayd etdi. Bu 5-noyabrdagi deyarli $100 million chiqimdan keyin ketma-ket ikkinchi kun bo‘ldi. BlackRock mahsulotlari yana asosiy chiqim manbai bo‘ldi.

ETH/BTC nisbati ham biroz zaiflashgan. On-chain faollik barqaror qolsa-da, institutsional oqimlar hali tiklanmagan. Analitiklar Ethereumning Bitcoinga nisbatan biroz kuchliroq tiklanishini kutmoqda, lekin bu umumiy risk appetite ga bog‘liq.

$2,200–$2,180 zonasi muhim qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi. Agar ushlansa, $2,350–$2,400 ga qaytish mumkin. Aks holda $2,100 ga tushish xavfi mavjud.

Manba: SoSoValue, Farside Investors, CoinGlass, Crypto.news.