
Bitcoin 9-noyabr holatiga ko‘ra $75,700–$76,000 oralig‘ida savdo qilinmoqda va haftalik yopilishga yaqinlashmoqda. Bu uning beshinchi ketma-ket yo‘qotish haftasi bo‘lishi mumkin.
AQSh spot Bitcoin ETF’lari so‘nggi savdo haftasida $1,28 milliard net chiqim qayd etdi — iyundan beri eng yomon ko‘rsatkich. BlackRock IBIT asosiy chiqim manbai bo‘ldi. Bu institutsional talabning vaqtincha zaiflashganini ko‘rsatadi.
Biroq ba’zi fondlar, jumladan Fidelity FBTC, ayrim kunlarda kirim qildi. Bozor ishtirokchilari bu chiqimlarni qisqa muddatli profit-taking va risk appetite pasayishi bilan izohlamoqda.
Texnik jihatdan $75,000–$75,300 zonasi muhim qo‘llab-quvvatlash. Agar ushlansa, $78,000–$80,000 ga qaytish imkoniyati saqlanadi. Aks holda $72,000–$73,000 ga tushish xavfi bor. Keyingi hafta inflatsiya ma’lumotlari volativlikni oshirishi mumkin. Investorlar ehtiyotkorlik bilan harakat qilishni maslahat berishmoqda.
Manba: Farside Investors, SoSoValue, CoinDesk, Bitcoin Insider.